Asosiy mazmunga oʻtish

Yorqin ertangi kun uchun taʼlim

Xoʻjaoboddagi xususiy maktab: tayyorlov guruhidan 11-sinfgacha. Ingliz tili va matematika daraja boʻyicha, IELTS va SAT tayyorlov bilan.

Samo School International zamonaviy maktab binosi, tosh yotqizilgan keng xiyobon va koʻkalamzorlashtirilgan hudud
Muvaffaqiyat Sertifikati

Samo Daraja Testi va Rasmiy Sertifikat

Oʻz aqliy qobiliyatingizni sinab koʻring, mantiqiy savollarni yeching va Samo Schoolning rasmiy Muvaffaqiyat Sertifikatini qoʻlga kiriting! Barcha yoshdagilar va fanlar uchun maxsus.

Testni boshlash va Sertifikat olish

Raqamlarda

Tashkil etilgan yil
2024
Oʻquvchi oʻrni
320
Ustoz
47
Sinfdagi oʻquvchilar — koʻpi bilan
24

Sinf boʻyicha emas — daraja boʻyicha

Har kuni tushlikkacha 2 soat ingliz tili va 2 soat matematika. Bu darslarda oʻquvchilar sinf boʻyicha emas, test natijasidagi bilim darajasiga qarab guruhlarga boʻlinadi. Har bir bola oʻz darajasida, oʻz tezligida oʻsadi.

Oqim

Bitta sinfda turli darajadagi bolalar: kimgadir oson, kimgadir qiyin.

Doira rangi — bilim darajasi, ichidagi raqam — sinf.

Oʻquvchilarimiz muvaffaqiyati

Samo School oʻquvchilarining respublika va xalqaro natijalari

01 / 03
Abdullayeva Rayxona, Madaminova Kamola, Olimov Muhriddin
100% GRAND VAUCHERI SOHIBLARI

Samo School GRAND imtihonida mutlaq 1-o'rinni egallab, 100% GRAND asosida bepul ta'lim vaucherini qo'lga kiritgan iqtidorli o'quvchilarimiz: Abdullayeva Rayxona (179,9 ball), Madaminova Kamola (103,2 ball) va Olimov Muhriddin (96.25 ball).

Abdullayeva Rayxona, Madaminova Kamola, Olimov Muhriddin
2–4, 5–7 va 8–11-sinflar g'oliblari
100% Bepul Grant

Samoda bir kun

Avtobus ertalab eshik oldidan olib ketadi va darslardan keyin uyga qaytaradi. Oraliqda — darslar va uch mahal issiq ovqat.

  1. Avtobus eshik oldidan olib keladi

    Maktab ish kuni boshlanadi.

  2. Nonushta

    Maktab oshxonasida issiq nonushta.

  3. 2 soat ingliz tili

    Daraja guruhlarida.

  4. 2 soat matematika

    Daraja guruhlarida.

  5. Tushlik

    Suyuq va quyuq — ikki xil issiq taom.

  6. 4 soat asosiy fanlar

    Davlat standarti fanlari yoki IELTS / SAT guruhlari.

  7. Polnik

    Darslar tugaydi, yengil tamaddi.

  8. Avtobus uyga olib boradi

    Har bir oʻquvchi xavfsiz uyga yetkaziladi.

Maktab hayoti haqida

IELTS va SAT — chet ellik ustozlar bilan

9, 10 va 11-sinf oʻquvchilari tushlikdan keyin Filippinlik ustozlar bilan haftasiga 3 kun IELTS va 3 kun SAT ga tayyorlanadi. 5–11-sinflardagi darajasi yetarli boʻlgan kuchli oʻquvchilar ham shu guruhlarga qoʻshiladi.

Haftalik reja

IELTS3 kun
SAT3 kun

Kimlar uchun

9–11-sinflar + darajasi yetarli 5–11-sinf oʻquvchilari

Ustozlar

Joy, Mario — Filippindan

Ingliz tili ustozlarimiz taʼlim olgan davlatlar

  • KRJanubiy Koreya
  • PLPolsha
  • IDIndoneziya
Dastur haqida
IELTS va SAT tayyorgarligi: chet ellik ustoz yuqori sinf oʻquvchilari bilan individual amaliy mashgʻulot oʻtkazmoqda

16 yoʻnalish — bitta maktabda

Tillar

  • Ingliz tili — Asosiy yoʻnalish
  • Rus tili
  • Xitoy tili
  • Ona tili

Aniq va tabiiy fanlar

  • Matematika — Asosiy yoʻnalish
  • IT
  • Fizika
  • Kimyo
  • Biologiya
  • Texnologiya

Tafakkur va sanʼat

  • Tarix
  • Shaxmat
  • Mental arifmetika
  • Musiqa

Sport

  • Fransuz boksi
  • Gimnastika

Shuningdek, Davlat taʼlim standartidagi barcha fanlar toʻliq oʻqitiladi.

Ota-ona xotirjam boʻlishi uchun

Maktab oshxonasida oshpazlar oʻquvchilarga issiq va toʻyimli taomlarni suzib bermoqda

3 mahal issiq ovqat

  • Nonushta, tushlik va polnik — maktab oshxonasida har kuni yangi tayyorlanadi.
  • Tushlikda ikki xil taom: suyuq va quyuq.
Maktabning keng tosh yoʻlakli xiyoboni, yashil hudud va obodonlashtirilgan xavfsiz muhit

Uydan-uygacha avtobus

  • Ertalab avtobuslar oʻquvchilarni uy yoki koʻcha boshidan olib keladi.
  • Polnikdan soʻng hamma avtobusda uyiga qaytadi.
Maktab kirishidagi Face-ID biometrik turniketlar va xavfsizlik nazorati tizimi

Xavfsiz va diqqatli muhit

  • Kirishda telefon jeton evaziga topshiriladi — darsda gadjet yoʻq.
  • Yopiq hudud: dars vaqtida oʻquvchilar tashqariga chiqmaydi.
  • Tashqaridan ovqat, shirinlik va tort olib kirilmaydi.

Moliyaviy taqqoslash

Oylik xarajatlar tahlili: Nega Samo School ancha tejamkor?

Repetitor, ovqat, transport va toʻgaraklarga alohida toʻlagandagi xarajatlarni bitta ekranda solishtiring.

01
Repetitorlar (IELTS / SAT)
1 200 000 soʻm
02
3 mahal issiq ovqat
700 000 soʻm
03
Xavfsiz transport
500 000 soʻm
04
Sport va IT toʻgaraklar
400 000 soʻm
Tarqoq oylik xarajatingiz:2 800 000 soʻm
Barchasi bitta toʻlov ichida

Samo School — Barchasi bitta toʻlovda

  • IELTS va SAT: Filippinlik va xalqaro ustozlar (repetitor shart emas)
  • Har kuni 3 mahal yangi pishirilgan issiq va toʻyimli taomnoma
  • Maxsus maktab avtobusida eshikdan-eshikkacha xavfsiz qatnov
  • Fransuz boksi, gimnastika, shaxmat, IT va robototexnika
  • 08:00 dan 16:30 gacha smartfonsiz, toʻliq nazoratdagi muhit
Oyiga 40+ soat vaqt tejovi
Qabulga yozilish (Bepul)

Kichik gʻalabalar — Katta natijalar

Har kungi tizimli mehnat orqali oʻquvchilarimiz erishayotgan real koʻrsatkichlar va ota-onalar fikri.

7.0
IELTS natijalari

11-sinf oʻquvchisi Shaxina — IELTS 7.0 va oltin medal

1350+
SAT koʻrsatkichlari

Xalqaro standartlar asosida chuqurlashtirilgan tayyorgarlik

100%
Davlat granti

JIDU va yetakchi OTMlarga toʻliq grantlar

Top 10
Xalqaro OTMlar

Nufuzli universitetlarga kirish va grant dasturlari

Oltin medal · JIDU Granti

Farzandim 10–11-sinflarda Samo Schoolʼda tahsil oldi. Ustozlar koʻmagida IELTS 7.0 hamda matematika va ona tilidan milliy sertifikatlarga ega boʻlib, JIDUga 100% davlat granti asosida qabul qilindi.

X
Xalmurzayeva Latofat
11-sinf oʻquvchisi onasi · Buloqboshi

1-sinf aʼlochisi

Qizim 1-sinfni aʼlo baholar bilan tamomladi, ingliz va rus tillarida erkin muloqot qilyapti. Soat 08:00 dan 16:30 gacha xavfsiz tizim, 3 mahal issiq ovqat va transport qatnovi bizni toʻliq xotirjam qildi.

Q
Qoʻldosheva Gulhayo
1-sinf oʻquvchisi onasi

Yandex Xaritalar

Xoʻjaoboddagi eng shinam, intizomli va zamonaviy taʼlim maskani. Ustozlarning bolalarga boʻlgan samimiy mehr-eʼtibori va maktabdagi sogʻlom muhit har bir ota-onaga ishonch beradi.

U
Umidaxon Abduvaliyeva
Ota-ona · Xoʻjaobod

Qabul — toʻrt qadam

  1. 1-qadam

    Tanishuv

    Maktab haqida batafsil maʼlumot beramiz va hududni aylantirib koʻrsatamiz.

  2. 2-qadam

    Kirish testi

    Farzandingiz ingliz tili va matematikadan test topshiradi.

  3. 3-qadam

    Shartnoma

    Natijalardan soʻng ota-ona bilan ikki tomonlama shartnoma tuziladi: bir nusxa sizda, bir nusxa maktabda.

  4. 4-qadam

    Hujjatlar

    Hujjatlarni topshirasiz va farzandingiz darajasiga mos guruhda oʻqishni boshlaydi.

Farzandim qaysi sinfga?

Natija taxminiy: Oʻzbekistonda 1-sinfga 7 yoshda boriladi, oʻquv yili sentabrda boshlanadi. Yil oxirida tugʻilgan bolalar uchun bir yil farq qilishi mumkin — aniq javobni qabul boʻlimi beradi.

Qabul haqida toʻliq

Ota-onalar koʻp soʻraydi

Barcha savollar
Farzandimni necha yoshdan qabul qilasiz?

5–6 yoshdan tayyorlov guruhiga va 11-sinfgacha barcha sinflarga qabul qilamiz.

Qabul qanday oʻtadi?

Avval maktab bilan tanishtiramiz, soʻng farzandingiz ingliz tili va matematikadan test topshiradi. Natijadan keyin ikki tomonlama shartnoma tuziladi.

Oʻqish narxi qancha?

Narx sinf va xizmatlarga qarab belgilanadi. Ariza qoldiring yoki +998 93 275 04 04 raqamiga qoʻngʻiroq qiling — batafsil aytib beramiz.

Qaysi tillarda taʼlim beriladi?

Tayyorlovdan 4-sinfgacha oʻzbek va rus sinflari bor. 5–11-sinflar oʻzbek tilida, tillarga chuqurlashtirilgan. Ingliz, rus va xitoy tillari oʻqitiladi.

Daraja boʻyicha oʻqitish nima?

Ingliz tili va matematika darslarida oʻquvchilar sinf boʻyicha emas, bilim darajasiga qarab guruhlanadi (2–4, 5–7 va 8–11-sinf oqimlari ichida). Shunda har bir bola oʻziga mos darajada oʻqiydi.

Kelib, maktabni oʻz koʻzingiz bilan koʻring

Qoʻngʻiroq qiling yoki Telegramda yozing — tanishuv uchun qulay vaqtni kelishamiz.

+998 93 275 04 04

Dushanba–shanba, 08:00–16:30 · Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani, Sanoatchi MFY

Xaritada tuman koʻrsatilgan. Aniq manzilni telefon orqali aytib beramiz.

Xavfsiz maktab avtobusi

Avtobusimiz koʻchangizga boradimi?

Hududingizni tanlang va ertalabki borish hamda kechki qaytish marshrutini jonli kuzating — maxsus maktab avtobuslarimiz farzandingizni uyingiz yaqinidagi bekatdan olib, darslardan soʻng xavfsiz qaytarib olib boradi.

Xoʻjaobod (Markaz)·10–15 daqiqa·→ Ertalab maktabga:07:25 – 07:50
07:25 →
GPS + Telegram xabarnoma·Kuzatuvchi tarbiyachi