Samo School haqida
Samo School 2024-yilda Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumanida ochildi. Maktab SAMO brendining bir qismi.

Bizning shiorimiz
Yorqin ertangi kun uchun taʼlim
Samo School — Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumanidagi xususiy umumtaʼlim maktabi. Tayyorlov guruhidan 11-sinfgacha. Ingliz tili va matematika daraja boʻyicha chuqurlashtirilgan, chet ellik ustozlar bilan IELTS va SAT tayyorlov, 3 mahal issiq ovqat va uydan-uygacha avtobus.
Raqamlarda
- Tashkil etilgan yil
- 2024
- Oʻquvchi oʻrni
- 320
- Ustoz
- 47
- Sinfdagi oʻquvchilar — koʻpi bilan
- 24
Nimaga tayanamiz
01
Daraja boʻyicha oʻqitish
Ingliz tili va matematika darslarida bolalar sinfi emas, bilim darajasiga qarab guruhlanadi.
02
Gadjetsiz diqqat
Telefon kirishda jetonga almashtiriladi — darsda faqat dars.
03
Gʻamxoʻrlik
Uch mahal issiq ovqat va uydan-uygacha maktab avtobusi.
04
Xalqaro daraja
Chet ellik ustozlar bilan IELTS va SAT tayyorlov.
Maktabda nimalar bor

IT xonasi
20 ta kompyuter

Oshxona
Oʻzimiz tayyorlaydigan issiq ovqat

Maktab avtobuslari
Uydan-uygacha

Kichik sinflar
Koʻpi bilan 24 oʻquvchi
Ota-onalar uchun qoidalar
Bu qoidalar bolalarning diqqati, sogʻligʻi va xavfsizligi uchun. Ularni qabul vaqtida batafsil tushuntirib beramiz.
- 01Maktabda telefon va gadjetlardan foydalanilmaydi.
- 02Uydan yoki tashqaridan ovqat va ichimlik olib kirilmaydi.
- 03Tugʻilgan kun va bayramlarda ham tashqaridan tort va shirinliklar kiritilmaydi.
- 04Dars vaqtida oʻquvchilar maktab hududidan chiqmaydi.
Kelib, maktabni oʻz koʻzingiz bilan koʻring
Qoʻngʻiroq qiling yoki Telegramda yozing — tanishuv uchun qulay vaqtni kelishamiz.
