Asosiy mazmunga oʻtish

Savol-javob

Qabul, kun tartibi, ovqat, transport va narx haqida qisqa javoblar.

Farzandimni necha yoshdan qabul qilasiz?

5–6 yoshdan tayyorlov guruhiga va 11-sinfgacha barcha sinflarga qabul qilamiz.

Qabul qanday oʻtadi?

Avval maktab bilan tanishtiramiz, soʻng farzandingiz ingliz tili va matematikadan test topshiradi. Natijadan keyin ikki tomonlama shartnoma tuziladi.

Qanday hujjatlar kerak?

Ota-ona pasporti nusxasi, oʻquvchi metrikasi nusxasi, 3×4 rasm va 026-shakl tibbiy maʼlumotnoma.

Darslar soat nechada boshlanib, nechada tugaydi?

Darslar 08:30 da boshlanadi va 15:45 da tugaydi. Oʻquvchilar 08:00 dan keladi va nonushta qiladi.

Oʻquvchilar maktabda ovqatlanadimi?

Ha. Har kuni 3 mahal issiq ovqat: nonushta, tushlik (suyuq va quyuq) va polnik. Hammasi maktab oshxonasida tayyorlanadi.

Transport bormi?

Ha. Maktab avtobuslari ertalab oʻquvchilarni uy yoki koʻcha boshidan olib keladi va darsdan keyin uyga olib boradi.

Sinfda nechta oʻquvchi boʻladi?

Koʻpi bilan 24 nafar. Oʻquvchilar koʻpaysa, sinf ikkiga boʻlinadi.

Daraja boʻyicha oʻqitish nima?

Ingliz tili va matematika darslarida oʻquvchilar sinf boʻyicha emas, bilim darajasiga qarab guruhlanadi (2–4, 5–7 va 8–11-sinf oqimlari ichida). Shunda har bir bola oʻziga mos darajada oʻqiydi.

IELTS va SAT ga tayyorlaysizmi?

Ha. 9–11-sinflar va darajasi yetarli kuchli oʻquvchilar Filippinlik ustozlar bilan haftasiga 3 kun IELTS va 3 kun SAT ga tayyorlanadi.

Qaysi tillarda taʼlim beriladi?

Tayyorlovdan 4-sinfgacha oʻzbek va rus sinflari bor. 5–11-sinflar oʻzbek tilida, tillarga chuqurlashtirilgan. Ingliz, rus va xitoy tillari oʻqitiladi.

Nima uchun telefon olib kirish mumkin emas?

Diqqat va xavfsizlik uchun. Oʻquvchi kirishda telefonini topshirib jeton oladi, ketishda jetonni qaytarib telefonini oladi.

Oʻqish narxi qancha?

Narx sinf va xizmatlarga qarab belgilanadi. Ariza qoldiring yoki +998 93 275 04 04 raqamiga qoʻngʻiroq qiling — batafsil aytib beramiz.

Javob topmadingizmi?

Qoʻngʻiroq qiling yoki Telegramda yozing.

+998 93 275 04 04

Dushanba–shanba, 08:00–16:30 · Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani, Sanoatchi MFY

Xaritada tuman koʻrsatilgan. Aniq manzilni telefon orqali aytib beramiz.

Xavfsiz maktab avtobusi

Avtobusimiz koʻchangizga boradimi?

Hududingizni tanlang va ertalabki borish hamda kechki qaytish marshrutini jonli kuzating — maxsus maktab avtobuslarimiz farzandingizni uyingiz yaqinidagi bekatdan olib, darslardan soʻng xavfsiz qaytarib olib boradi.

Xoʻjaobod (Markaz)·10–15 daqiqa·→ Ertalab maktabga:07:25 – 07:50
07:25 →
GPS + Telegram xabarnoma·Kuzatuvchi tarbiyachi