Asosiy mazmunga oʻtish

Taʼlim: tayyorlovdan 11-sinfgacha

Uch bosqich, daraja boʻyicha ingliz tili va matematika, 16 yoʻnalish va davlat standarti fanlari.

Bosqichlar

  1. 5–6

    Tayyorlov guruhi

    5–6 yosh · Taʼlim tili: oʻzbek, rus

    5–6 yoshdan qabul. Maktabga tayyorlov, oʻzbek va rus guruhlari.

  2. 1–4

    Boshlangʻich sinflar

    Taʼlim tili: oʻzbek, rus

    Oʻzbek va rus sinflari. 2-sinfdan boshlab ingliz tili va matematika daraja guruhlarida oʻqitiladi.

  3. 5–11

    Yuqori sinflar

    Taʼlim tili: oʻzbek

    Tillarga chuqurlashtirilgan oʻzbek sinflari. 9–11-sinflar uchun chet ellik ustozlar bilan IELTS va SAT tayyorlov.

Sinf boʻyicha emas — daraja boʻyicha

Har kuni tushlikkacha 2 soat ingliz tili va 2 soat matematika. Bu darslarda oʻquvchilar sinf boʻyicha emas, test natijasidagi bilim darajasiga qarab guruhlarga boʻlinadi. Har bir bola oʻz darajasida, oʻz tezligida oʻsadi.

Qanday ishlaydi

  1. 1Kirish testi ingliz tili va matematikadan bolaning darajasini aniqlaydi.
  2. 2Har kuni tushlikkacha — 2 soat ingliz tili va 2 soat matematika daraja guruhlarida.
  3. 3Guruhlar oqim ichida tuziladi: 2–4, 5–7 va 8–11-sinflar.
Oqim

Bitta sinfda turli darajadagi bolalar: kimgadir oson, kimgadir qiyin.

Doira rangi — bilim darajasi, ichidagi raqam — sinf.

60 soniyalik ekspress-diagnostika

«Sinf emas — Daraja» simulyatori

Samo Schoolda oʻquvchilar matematika va ingliz tilidan yoshiga qarab emas, haqiqiy bilim darajasiga qarab 16 kishilik guruhlarga boʻlinadi. 5 ta savol orqali farzandingizga mos oqimni aniqlang:

Farzandingiz sinf oraligʻini tanlang:

Fanlar va yoʻnalishlar

Zamonaviy sinfxonadagi ulkan interaktiv Smart doska orqali raqamli dars mashgʻuloti

Tillar

  • Ingliz tili — Asosiy yoʻnalish
  • Rus tili
  • Xitoy tili
  • Ona tili

Aniq va tabiiy fanlar

  • Matematika — Asosiy yoʻnalish
  • IT
  • Fizika
  • Kimyo
  • Biologiya
  • Texnologiya

Tafakkur va sanʼat

  • Tarix
  • Shaxmat
  • Mental arifmetika
  • Musiqa

Sport

  • Fransuz boksi
  • Gimnastika

Shuningdek, Davlat taʼlim standartidagi barcha fanlar toʻliq oʻqitiladi.

IELTS va SAT — chet ellik ustozlar bilan

9, 10 va 11-sinf oʻquvchilari tushlikdan keyin Filippinlik ustozlar bilan haftasiga 3 kun IELTS va 3 kun SAT ga tayyorlanadi. 5–11-sinflardagi darajasi yetarli boʻlgan kuchli oʻquvchilar ham shu guruhlarga qoʻshiladi.

Haftalik reja

IELTS3 kun
SAT3 kun

Kimlar uchun

9–11-sinflar + darajasi yetarli 5–11-sinf oʻquvchilari

Ustozlar

Joy, Mario — Filippindan

Ingliz tili ustozlarimiz taʼlim olgan davlatlar

  • KRJanubiy Koreya
  • PLPolsha
  • IDIndoneziya
IELTS va SAT tayyorgarligi: chet ellik ustoz yuqori sinf oʻquvchilari bilan individual amaliy mashgʻulot oʻtkazmoqda

Kun tartibi

Darslar 08:30–15:45

  1. 08:00Avtobus eshik oldidan olib keladiMaktab ish kuni boshlanadi.
  2. 08:00–08:30NonushtaMaktab oshxonasida issiq nonushta.
  3. 08:302 soat ingliz tiliDaraja guruhlarida.
  4. 2 soat matematikaDaraja guruhlarida.
  5. TushlikSuyuq va quyuq — ikki xil issiq taom.
  6. 4 soat asosiy fanlarDavlat standarti fanlari yoki IELTS / SAT guruhlari.
  7. 15:45PolnikDarslar tugaydi, yengil tamaddi.
  8. Avtobus uyga olib boradiHar bir oʻquvchi xavfsiz uyga yetkaziladi.

Kelib, maktabni oʻz koʻzingiz bilan koʻring

Qoʻngʻiroq qiling yoki Telegramda yozing — tanishuv uchun qulay vaqtni kelishamiz.